Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida koʻplab ziddiyatlarga sabab boʻladigan bu tumanda 70,000 ga yaqin odam istiqomat qiladi. Aholisining aksariyati, 95 % dan ziyodrogʻi tojik millatiga mansub.

Yuqoridagi qiyinchiliklar shunday ham qashshoq boʻlgan Soʻx va Botkenning iqtisodiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Ishsizlik darajasi yuqori boʻlib, aholi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Yoshlarning koʻpchiligi ish izlab xorijga ketishga majbur.
Категория: Sux xaqida ma'lumot | Просмотров: 33 | Добавил: atashox | Дата: 2019.11.10 | Комментарии (0)

Eksklav 1955-yilda siyosiy xaritada paydo boʻlgan. Uning paydo boʻlish sababi borasida aniq maʼlumot mavjud emas, faqatgina mish-mishlar. Baʼzi manbaalarga koʻra hudud qirgʻiz va oʻzbek Kommunistik Partiyasi rasmiylari oʻrtasidagi qimor oʻyinida qirgʻiz rasmiysi tomonidan yutqazib qoʻyilgan. Boshqalariga koʻra esa kommunistlarning bu hududni oʻzbeklarga berish sababi quyidagicha: hududning asosiy yoʻllari Qirgʻizistonda joylashganiga qaramay Oʻzbekiston bilan bogʻlangan, chunki qirgʻiz tomoni asosan togʻlardan iborat.[1]

Soʻx ziddiyati Sovet davridan soʻng ham davom etdi. 1991-yilda davlatlar mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oʻrtasida oʻzbek tomoniga eksklavga qirgʻiz hududidan oʻtuvchi yoʻllar orqali borishga ruhsat etuvchi kelishuv imzolandi.

1999-yilda oʻzbek hukumati Oʻzbekiston Islomiy Harakati terrostik guruhi oʻzining har ikki davlatga qarshi operatsiyalarida Soʻx hududidan baza sifatida foydalanayotgani daʼvosi bilan eks ... Читать дальше »
Категория: Sux xaqida ma'lumot | Просмотров: 36 | Добавил: atashox | Дата: 2019.11.10 | Комментарии (0)

Tuman asosan qishloq xoʻjaligi. ga ixtisoslashgan. Kichikrok, korxonalar jumladan, 50 xususiy korxona hamda shirkat, dehqonfermer xoʻjaliklari faoliyat kursatadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urugʻlik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan.

Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 1 kasbhunar kolleji, 3 litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Tuman hududida dam olish va xushmanzara joylar mavjud. Tuman markazida St. telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. Soʻx tumani Oʻzbekistonning qad. tarixiy maskanlaridan hisoblanadi. Sux havzasida joylashgan Selungur gʻorilan paleolit davriga mansub ashyolar topilgan. Soʻx tumani Sux—Haydarkon qad. konchilik hududini ham tashkil qiladi. 11-asrdan Buyuk ipak yulining jan. tarmogʻi Soʻx tumanidan utgan1890y.larda Sux qishlogʻi hududidan ilon shakli burttirib tushirilga ... Читать дальше »
Категория: Sux xaqida ma'lumot | Просмотров: 28 | Добавил: atashox | Дата: 2019.11.10 | Комментарии (0)

Tuman hududi Fargʻona viloyati jan.da, Soʻx daryosi vodiysida joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, shagʻal bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 6,7°, eng past tra —27°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23,6°, eng yuqori tra 42°. Yillik yogʻin 180 mm. Tuproklari boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi hayvonlardan tulki, parrandalardan kaklik, bedana, zogʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, sassiqpopishak, qaldirgʻoch; kemiruvchilardan kalamush va boshqa uchraydi. Suvlarda har xil balikdar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbek va tojiklar, shuningdek, qirgʻiz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 255 kishi. Agʻolining barchasi qishloqda yashaydi.
Категория: Sux xaqida ma'lumot | Просмотров: 28 | Добавил: atashox | Дата: 2019.11.10 | Комментарии (0)

Soʻx tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1942 yil iyulda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Rishton tumaniga qoʻshib yuborildi. 1990 yil 27 fevralda qaytadan tuzilgan. Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,22 ming km². Axoliyey 53569 kishi (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yigʻini (Oxunboboyev, Ravon, Soʻx, Xushyor) bor. Markazi — Ravon qishlogʻi.
Xozirgi kunda Tumanda 17-ta Qishloq
Tuman markazi-Rovon
Axolisi 76-mingta.
Категория: Sux xaqida ma'lumot | Просмотров: 30 | Добавил: atashox | Дата: 2019.11.10 | Комментарии (0)